Dortmundning “Borussiya” klubida bir necha yillardan buyon to`p surgan Mats Xummels “Bavariya” a`zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy “Tvitter” sahifasida ma`lum qilindi.
Germaniyalik himoyachi myunxenliklar bilan 2021 yilga qadar mo`ljallangan shartnomaga imzo qo`ydi. Kelishuvning moliyaviy shartlari hozircha e`lon qilinmagan.
Qayd etish joizki, “Bavariya” biroz avval Renatu Sanshesh bilan 5 yillik shartnoma imzolagandi.





