Indoneziya futbol assosiasiyasi rahbariyati mamlakat terma jamoasiga portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoni olib kelishni rejalashtirmoqda.
"Mourinoni olib kelish g`oyasi federasiya prezidenti Joko Vidodo va mamlakat olimpiya qo`mitasi rahbari Erik Tohir bilan muhokama qilindi.
Bizning terma jamoada chet ellik mutaxassis ishlashi lozim. Mahallliy murabbiylar esa yordamchi bo`lishlari kerak.
Men Tohirdan Mourinyuning maoshi qancha deb so`raganimda u taxminan yiliga 16.5 mln evro ekanligini aytdi.
Agar Joze Mourino rozilik bermasa, "Chelsi" ustozi Gus Xiddinkni olib kelamiz", - deydi Indoneziyaning yoshlar va sport ishlari vaziri Imom Naxravi.





