AsosiyDunyo

2021 yilda dunyoda yuz bergan tabiiy ofatlar qancha zarar keltirgani ma`lum qilindi

'2021 yilda dunyoda yuz bergan tabiiy ofatlar qancha zarar keltirgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Britaniyaning Christian Aid xayriya tashkiloti 2021 yilda yuz bergan o`nta eng yirik tabiiy ofat etkazgan zarar miqdorini hisob-kitob qilib chiqdi. Bu haqda tashkilot tadqiqoti asosida Bloomberg xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilda yuz bergan o`nta yirik tabiiy ofat 170 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu AON sug`urta kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan. Biroq zarar yanada ko`proq bo`lishi mumkinligi aytilmoqda. 

Tadqiqotlarga qaraganda, tabiiy ofatlardan ko`proq qashshoq bo`lgan mamlakatlar jabr ko`rgan. Shuningdek, AQShda yuz bergan Ida to`foni 65 milliard dollar zarar keltirgani aniqlangan. Xitoyning Xenan provinsiyasidagi suv toshqinlari ham 17 milliard dollar atrofida qo`shimcha qilingan. 

Boshqa yangiliklar