AsosiyJamiyat

"Shaharsozlik normalariga javob bermaydi"...   Turizm va sport vazirligining ishchi guruhi yoqilg`i va gaz quyish shoxobchalarida monitoring o`tkazdi  

'"Shaharsozlik normalariga javob bermaydi"...     Turizm va sport vazirligining ishchi guruhi yoqilg`i va gaz quyish shoxobchalarida monitoring o`tkazdi   'ning rasmi

Turizm va sport vazirligining Infratuzilma ob`ektlarining sanitar-gigienik holatini yaxshilash bo`limi boshlig`i M.Xayitova boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Surxondaryo viloyatining Jarqo`rg`on, Qumqo`rg`on, Denov,Angor,Sherobod tumanlarida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining  Qarshi, G`uzor, Qamashi, Shahrisabz, Yakkabog`, Kitob va Chiroqchi tumanlarida ham bo`loib, u erda joylashgan qator yoqilg`i quyish shoxobchalarini ko`zdan kechirdi.

Mazkur tekshiruv  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi «Yo`lbo`yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 793-sonli hamda 2020 yil 10 iyuldagi «O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 433-sonli qarorlariga muvofiq o`tkazilgan.

Turizm va sport vazirligining qayd etishicha, yuqorida ko`rsatilgan normrmativ hujjatlarda jamoat maqsadlariga mo`ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYoQS`larning faoliyat ko`rsatishiga yo`l qo`yilmasligi belgilangan. Ular ijrosi yuzasidan tashkil etilgan respublika va hududiy ishchi guruhlari tomonidan yig`ilish o`tkazilgan.

Unda aholi hamda turistlar uchun qo`shimcha qulay sharoitlarni yaratish, iste`molchilar huquqlari himoya qilinishini ta`minlash, gaz quyish stansiyalari va avtomobillarga yoqilg`i quyish stansiyalarini zamonaviy talablarga mos tarzda jihozlash va moslashtirilishi borasida joylardagi mutasaddilarga ko`rsatmalar ham berilgan.

Jumladan, dastlab Surxondaryo viloyatidagi 30 dan ortiq avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor stansiyalari, avtomobillarga gaz quyish stansiyalari va avtomobillarga yoqilg`i quyish stansiyalari holati o`rganilgan.

 «M-31», «M-41» avtomobil yo`llari bo`yida joylashgan ob`ektlar sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYoQSlarning faoliyati, mavjudlarida yong`in xavfsizligi talablariga muvofiqligi nazoratga olingan.

Monitoring davomida 30 dan ortiq yonilg`i quyish shoxobchalaridan 6 tasi belgilangan talablariga javob bermaganligi sababli, ularning vaqtinchalik mahsulot etkazib berish faoliyati to`xtatilgani aytiladi.

Qashqadaryo viloyatida esa 30 ga yaqin avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchalaridagi o`rganish natijalari shuni ko`rsatdiki, ularda aholi hamda sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hojatxona, tahoratxona, namozxona, ona va bola xonasi hamda savdo shaxobchalarining ahvoli qoniqarli darajada bo`lib, 5 nafarining faoliyati salbiy baholanadi.

AGTKS, AGQS va AYoQS`lar loyiha-smeta hujjatlarida ayrim xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlanib, mas`ul shaxslarga me`yoriy hujjatlar bo`yicha zarur ko`rsatma va tavsiyalar berilgan.

Shuningdek, har bir viloyat kesimida faoliyatini namunaviy tarzda yo`lga qo`ygan eng yaxshi AGTKS, AGQS va AYoQS sanitariya-gigiena shoxobchasi ham aniqlangani xabar qilinadi.

    Boshqa yangiliklar