PSJ jamoasi bosh murabbiyi Loran Blan 2015/16 yilgi mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi murabbiy deb topildi. Bu haqda championat.com xabar bermoqda.
Eng yaxshi murabbiy nomiga Terri Lore (“Gazelek Ayachcho”), Stefan Mulen (“Anje”) va Klod Pyuel (“Nissa”) da`vogarlik qilishgandi.
Eslatib o`tamiz, 50 yoshli mutaxassis qo`li ostida PSJ chempionat yakunlanishiga 8 tur qolganida Fransiya chempioni bo`lgandi. Ayni damda parijliklar ikkinchi o`rinda borayotgan “Lion”dan 27 ochko oldinda bormoqda.





