AsosiyJamiyat

​CSV: Ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlar soni 4,5 mingtadan oshdi

'​CSV: Ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlar soni 4,5 mingtadan oshdi'ning rasmi

Bu erda har kuni ertalab soat 09:00 dan kechki 20:00 gacha telefon qo`ng`iroqlari tinmaydi. Har bir murojaat diqqat bilan eshitiladi, yozib olinadi va tegishli tartibda ijro uchun yo`naltiriladi.

Qo`ng`iroqlarga javob beruvchilar — oddiy operatorlar emas, aksincha sog`liqni saqlash tizimining eng etakchi muassasalarida faoliyat ko`rsatuvchi malakali va tajribali mutaxassislar.

1295 qisqa raqamli “Call-markaz”ning ish jarayoni shunday tig`iz. Qolaversa, yo`llanayotgan g`oya, taklif va muammoli masalalar ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan elektron manzillar orqali ham qabul qilinyapti.

Prezidentimizning sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan “O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusida bo`lib o`tadigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayoni ayni paytda shunday qizg`in pallaga kirgan.

O`tgan qisqa davrda uning doirasida jami 4514 ta murojaat kelib tushgani so`zimizning tasdig`idir.  

Yo`llanayotgan murojaatlar tibbiyotning deyarli barcha yo`nalishlarini qamrab olyapti. Jumladan,

  •  1309 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`iniga,
  • 218  tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga,
  •  188  tasi tez tibbiy yordam xizmatiga,
  •  102 tasi oliy tibbiy ta`limga daxldor.

 

    Boshqa yangiliklar