AsosiyJamiyat

Rossiyada balandlikdan yiqilib, umurtqasi singan o`zbekistonlik Vatanga qaytarildi

'Rossiyada balandlikdan yiqilib, umurtqasi singan o`zbekistonlik Vatanga qaytarildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga asli samarqandlik S.B.dan uni O`zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so`rab murojaati kelib tushgan.

Mazkur murojaat bo`yicha mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi hamda vakolatxona xodimlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilganda, fuqaro S.B. 2020 yil 13 sentyabrda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federasiyasiga ketganligi va joriy yilning 29 oktyabr kuni baxtsiz hodisa oqibatida balandlikdan yiqilib, umurtqa pog`onasidan og`ir tan jarohati olganligi aniqlandi.

Bugun, 27 dekabr kuni fuqaro S.B. shifokor nazoratida Moskva – Toshkent aviareysi orqali Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan O`zbekistonga olib kelindi.

Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ma`sul xodimlari va  fuqaroning yaqin qarindoshlari kutib oldi. Yaqin qarindoshlari hamrohligida Samarqandga kuzatib qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar