Yaqinda Fransiyada harbiylar o`rtasidagi 40-Jahon chempionati bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining ma`lum qilishicha, ushbu nufuzli musobaqada O`zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgan va yakunda 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egallagan edi. Erkaklar terma jamoamiz esa jamoaviy bahslarda bronza medaliga ega chiqqandi.
O`zbekiston Mudofaa vazirligi hamda mamlakat dzyudo federasiyasi rahbariyati tarixiy natija qayd etgan dzyudochilarimizni taqdirladi.

Mutasaddilar harbiy dzyudochilarimizni qo`lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan samimiy qutlab, ularning kelgusi faoliyatida omad tilashdi va esdalik sovg`alarini topshirishdi.






