AsosiyJamiyat

Yangi yilni ham oppoq qor qo`ynida kutib olamizmi?

'Yangi yilni ham oppoq qor qo`ynida kutib olamizmi?'ning rasmi

Kecha nafaqat bolajonlarni, balki barchamizni xursand qilib yoqqan qor hududimizga Rossiyaning Evropa hududidan (Moskva oblasti) kirib kelgan sovuq va nam havo massasi hisobiga to`g`ri kelgan. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, butun respublika bo`yicha qor yog`ishi kuzatildi, tekislik hududlarda birinchi barqaror qor qoplami hosil bo`lgan.

Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida sovuq ob-havo kuzatiladi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida qor yog`adi. Harorat foni me`yordan 5-7° ga past bo`ladi va 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bo`lmaydi.

Yil oxirigacha yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechalari 28-29 dekabrda sovuqlar 3-8o sovuqgacha kuchayadi, 30-31 dekabrda 2° sovuq-3° iliqgacha ko`tariladi, ertaga kunduz kuni harorat 2-7o iliq bo`ladi, 31 dekabrga kunduz kuni 8-13o iliqgacha ko`tariladi.

Shu kunlarda respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar