AsosiyJamiyat

2022 yilda Toshkent metrosiga Rossiyadan 14 ta poezd sotib olinadi

'2022 yilda Toshkent metrosiga Rossiyadan 14 ta poezd sotib olinadi'ning rasmi

Toshkent metropoliteniga 2022 yilda Rossiyadan 14 ta harakat tarkibi sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

DUK ma`muriyati Toshkent metropoliteni yo`nalishlari kengayganligi bu orqali yo`lovchilar soni kundan kunga ortib borayotgani sababli metro bekatlarida tirbandliklar yuzaga kelayotganini tan olgan.

Xabarda aytilishicha, bu muammoni hal qilish uchun “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan tirbandliklarni oldini olish, yo`lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, shu kunga qadar, Rossiya Federasiyasining “Metrovagonmash” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy 60 ta vagondan iborat 15 ta harakat tarkibi olib kelingan.

Bundan tashqari, yo`lovchilar qatnovi tig`iz bo`lgan vaqtlarda poezdlar harakatidagi oraliq vaqt intervallari “Chilonzor” yo`nalishida 3 daqiqagacha, “O`zbekiston” yo`nalishida esa 4 daqiqagacha, “Yunusobod” yo`nalishida esa 7 daqiqani tashkil etmoqda.

“Ushbu muammoni hal etish borasida ham bir qancha masalalar ko`rilmoqda. Ma`lumot o`rnida shuni aytish mumkinki, 2022 yilda 14 ta harakat tarkibi harid qilinishi nazarda tutilgan”, deyiladi DUK xabarida.

    Boshqa yangiliklar