AsosiyJamiyat

“Taxtaqoracha” dovoni transport harakati uchun ochildi

'“Taxtaqoracha” dovoni transport harakati uchun ochildi'ning rasmi

Kecha kuchli qor yog`gani sabab, turli ko`ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog`lovchi “Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatilganligi haqida xabar berilgan edi.

YHXBBning ma`lum qilishicha, tegishli choralar ko`rilib, avtomobil yo`li qordan tozalandi.

"Ayni vaqtlarda dovon yo`lida transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat berildi",-deya ma`lum qilinmoqda.

Shu o`rinda, barcha haydovchilardan tezlik me`yorini oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlari so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar