AsosiyJamiyat

“Toshkent-Urganch-Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha poezd qatnovi yo`lga qo`yildi

'“Toshkent-Urganch-Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha poezd qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Yangi yil bayrami arafasida yo`lovchilarga, ayniqsa, talabalarga yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil 27 hamda 29 dekabr kunlari “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezdi qatnovi yo`lga qo`yildi. Bu haqda   “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur poezdlar ushbu kunlari soat 23:00 da Toshkent janubiy temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

 

                                                                                               

    Boshqa yangiliklar