AsosiyDunyo

Qirg`iz-tojik chegarasida keskinlik yuz berdi

'Qirg`iz-tojik chegarasida keskinlik yuz berdi'ning rasmi

Qirg`iziston chegara xizmati Tojikiston bilan chegaradagi keskinlik tufayli xizmatning maxsus, kuchaytirilgan rejimiga o`tdi. Qo`shni davlat fuqarolari qirg`iz xalqining avtomobillarini toshbo`ron qilishgan, bunga javoban esa qirg`iz chegarachisi havoga o`q uzgan. Bu haqda "RIA Novosti" chegara boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Qirg`iziston chegarachilariga ko`ra, kecha, 25 dekabr kuni Qirg`izistonning Damba va Maqsat qishloqlari qarshisidagi chegara yaqinida tojik harbiylarining to`plangani qayd etilgan, shuningdek, tojik harbiylari chegara postlaridan biriga minomyot o`rnatgan. Oradan ko`p vaqt o`tmay, chegara yaqinidagi Eki-Tosh hududida otishma yuz bergan. Tojik fuqarolari mojaroni to`xtatish uchun qirg`iz xalqining avtomobillarini toshbo`ron qilgan, qirg`iz chegarachisi havoga o`q uzishga majbur bo`lgan, deya ta`kidlaydi Qirg`iziston chegara boshqarmasi.

Qirg`iziston va Tojikiston bahsli maydonda ish olib bormaslikka kelishib olgan.

"Eki-Tosh hududida sodir bo`lgan voqeadan so`ng Qirg`iziston va Tojikiston chegara postlari rahbarlari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi, ular vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qo`shimcha chegara qo`shinlarini joylashtirdi. Tojikiston tomoni qidiruv ishlari olib borilayotganini ma`lum qildi. Davlat chegarasining ushbu qismida joylashgan Chegara xizmati bo`linmalari kuchaytirilgan xizmat ko`rsatish rejimiga otkazildi”, — deydi boshqarma vakili.

Ta`kidlanishicha, hozirda chegaradagi vaziyat "nisbatan barqaror" holatda.

    Boshqa yangiliklar