AsosiyJamiyat

Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasida yangi yo`l ochiladi

'Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasida yangi yo`l ochiladi'ning rasmi

Mazkur yo`l Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiya bilan bog`laydi.

Qozog`istonning Qizilo`rda va O`zbekistonning Uchquduq shaharlari o`rtasida 280 kilometrlik yangi magistral yo`l qurilishi rejalashtirilmoqda. 

Dekabr oyida ikki davlat vakillari Qizilo`rda-Uchquduq avtomobil va temir yo`l qurilishi rejasini imzolagan. Magistral yo`lning umumiy uzunligi 280 km ni tashkil etib, uning 140 kilometri Qozog`iston hududidan o`tishi kutilmoqda, deb yozadi Zamon.uz  nashri.

Qayd etilishicha, 2024−2025 yillarda yo`lning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, 2025 yildan esa ikki-uch yil ichida yo`l qurilishini boshlash rejalashtirilgan.

Avtomobil yo`li qurilishining smeta qiymati 75 mlrd tenge (173 mlr dollar), jumladan, nazorat-o`tkazish punkti qurilishi uchun 5 mlrd tengeni tashkil etadi.

Ushbu yo`lning Markaziy Osiyo davlatlarini Qozog`istonning janubiy, markaziy va shimoliy hududlari orqali Rossiya bilan birlashtirishi kutilmoqda. Yo`l Qizilo`rda — Jezqazg`on — Pavlodar — Rossiya chegarasi xalqaro koridorining bir qismi bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar