AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways talabalar uchun qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`ymoqda

'Uzbekistan Airways talabalar uchun qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`ymoqda'ning rasmi

Uzbekistan Airways  Urganch, Nukus, Buxoro, Termiz, Namangan va Qarshiga qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`ymoqda.

Qayd etilishicha, bunga talabalardan kelib tushayotgan talab sabab bo`lgan.

Shuningdek, joylarda aholi qatnovlari uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 27 dekabridan 30 dekabriga qadar Toshkentdan  Urganch, Nukus, Buxoro, Termiz, Namangan va Qarshiga qo`shimcha parvozlar amalga oshiriladi.

Eslatib o`tamiz, talabalar 50% chegirma bilan aviachiptalarni faqat Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilishlari mumkin.

Ma`umot uchun, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3% chegirma taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar