Uzbekistan Airways talabalar uchun maxsus chegirmani 50 foiz etib belgiladi. Bu xaqda aviakopmaniya matbuot xizmati xabar berdi.
"O`z shahridan uzoqda joylashgan oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar 25-dekabrdan 10-yanvargacha Uzbekistan Airways ichki aviaqatnovlariga chiptalarni 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin", - deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, talabalarning qishki ta`til kunlari 25 dekabrdan etib belgilandi. Temir yo`l poezdlari uchun ham chegirmalar 25 dekabrdan belgilangan.






