AsosiyJinoyat

Farg`onada qariyb 300 million so`mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

'Farg`onada qariyb 300 million so`mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati  bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Oltiariq tumani yashovchi fuqaro A.F.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, ushbu xonadondagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi salonida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganliginini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 163.million so`mlik jami 1630 dona nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari hamkorlikda o`tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida, “Marg`ilon-Oltiariq” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro M.S. boshqaruvidagi “Neksiya 3” rusumli avtotransport vositasi Oltiariq tumanida to`xtatilib ko`zdan kechirilganida, avtomashina saloni va yukxonasida 14 dona salyut pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so`ng, tezkor tadbir davom ettirilib, Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro S.Ya.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, ushbu xonadonda fuqaro M.S.ga tegishli bo`lgan,  96 dona salyut pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.          

O`tkazilgan ushbu tezkor tadbir davomida umumiy qiymati 121,2 million so`mlik jami 110 dona salyut pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar