Prezidentimiz Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini 3 barobarga kengaytirish bo`yicha yana bir yangi majmua qurilishi ta`kidladi.
Yangi quriladigan ushbu korxonada GTL zavodida ishlab chiqariladigan 430 ming tonna naftani qayta ishlash hisobiga, yiliga 380 ming tonna polietilen va polipropilen tayyorlanadi. Yana mingga yaqin yangi ish o`rinlari yaratiladi.
Natijada qo`shimcha 550 million dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi.
O`z navbatida, ana shu mahsulotlarni yanada chuqur qayta ishlash orqali, 2 barobargacha ko`p iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin bo`ladi.
Ushbu yangi loyihaning qiymati 1,8 milliard dollarga teng.
Ana shu ikkita yangi zavod hisobidan Sho`rtan majmuasida respublikamizning birinchi yirik gaz-kimyo klasteriga asos solinadi.






