AsosiyJamiyat

Davlat rahbari Yangi O`zbekistonning “oltin fond”i haqida gapirdi

'Davlat rahbari Yangi O`zbekistonning  “oltin fond”i haqida gapirdi'ning rasmi

"Meni quvontiradigan yana bir jihat – zavod qurilishida qatnashgan mutaxassislarning qariyb 80 foizi o`zimizning mahalliy kadrlar, xususan, yangicha ishlashga chanqoq, azmu shijoatli yoshlarimizdir". Prezident Shavkat Mirziyoev "Uzbekistan GTL” zavodi ochilishidagi nutqida shu so`zlarni ta`kidladi. 

"Bu yoshlar – Yangi O`zbekiston yoshlari. Ular milliy sanoatimiz ravnaqiga munosib hissa qo`shib, bu yo`lda “oltin fond”imizga aylanadi, deb ishonaman" - dedi Prezidentimiz.

Buning uchun barcha sharoitlar yaratilishi, avvalo, Qashqadaryoda yoshlarni kasb-hunarga o`qitish yangicha yondashuv asosida tashkil etilishi ta`kidlandi.

Hududdagi barcha kasb-hunar markazlari Sho`rtan gaz-kimyo majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash va yangi GTL zavodlariga biriktiriladi.

    Boshqa yangiliklar