AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Yagona transchegaraviy pul o`tkazmalari” to`lov tizimi faoliyati yo`lga qo`yiladi

'O`zbekistonda “Yagona transchegaraviy pul o`tkazmalari” to`lov tizimi faoliyati yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

“Transchegaraviy pul o`tkazmalarini ta`minlash bo`yicha to`lov tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (771-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, xorijdan O`zbekistonga transchegaraviy pul o`tkazmalarini amalga oshirish maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (O`zmilliybank) negizida “Yagona transchegaraviy pul o`tkazmalari” to`lov tizimi tashkil etiladi.  

Mazkur to`lov tizimi bir qator apparat va dasturiy-texnik vositalarni o`zida mujassam qilgan tizimli platforma bo`lib, uning ishtirokchilari (kredit tashkilotlari) uchun vakillik hisobvaraqlari orqali transchegaraviy o`tkazmalar bo`yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

“Aziya – Invest Bank” AJ (Moskva shahri) ushbu to`lov tizimi orqali amalga oshirilgan transchegaraviy o`tkazmalar bo`yicha Rossiya Federasiyasidagi hisob-kitob banklaridan biri hisoblanadi.  

 Qarorga ko`ra, Rossiya Federasiyasida ishlayotgan O`zbekiston fuqarolarining ishga joylashish bo`yicha xarajatlarini qoplash maqsadida kreditlar ajratish loyihasi ishlab chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar