Bugun, 25 dekabr kuni O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri.
Ma`lum qilinishicha, bugun sintetik suyuq yoqilg`i ishlab chiqarishga mo`ljallangan “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimi bo`lib o`tadi va mazkur tadbirda davlat rahbarining ishtiroki kutilmoqda.
Tashrif bog`liq yangiliklarni saytimiz orqali batafsil yoritib boramiz.






