Toshkent shahridagi Prezident maktabi o`quvchisi Fayzullaev Maqsadbek 10 ta xorijiy OTM talabasi bo`ldi. Bu haqda "darakchi.uz"ga o`quvchining onasi xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o`quvchisi Fayzullaev Maqsadbek muddatidan avval dunyoning 10 ta TOP universitetlariga qabul qilindi. U AQShda joylashgan University Of Arizona, Iowa State University, St. Edward's University, University at Buffalo SUNY oliygohlariga, Buyuk Britaniyaning Durham University (UK), University of Leeds (UK), The University of Manchester (UK), The University of Birmingham (UK), The University of Liverpool (UK) universitetlaridan taklif oldi.
Quvonchlisi, Maqsadbek AQSh da joylashgan uchta nufuzli oliygohdan umumiy hisobda 312 000 dollar grant sohibi bo`lgan.
Eslatib o`tamiz, sal avval Nukus prezident maktabi o`quvchisi 297 ming dollarlik grant yutgani xabar qilingan edi.






