AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeoroldogiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qor yog`adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliqni, shimolda 0-5° sovuqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 13-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 7-9° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar