AsosiyDunyo

Turkiyada yog`gan qor qalinligi 2 metrga etdi

'Turkiyada yog`gan qor qalinligi 2 metrga etdi'ning rasmi

Qalin qor ostida qolgan qishloqlar tashqi dunyodan butkul uzilib qolgan.

Turkiyaning Sharqiy mintaqasida kuchli qor yog`ishi kuzatilmoqda. Qayd etilishicha, uning balandligi ikki metrga etdi. 

Bu haqda "Hurriyet" nashriga tayanib, Zamon.uz xabar berdi.

Ta`kidalanishicha, qor va muz tufayli Trabzon, Rize, Artvin va Giresundagi boshlang`ich va o`rta maktablar faoliyati to`xtatilgan. 

Ushbu tabiat hodisasi bo`lgan qor, ayniqsa, tog`li hududlarga eng ko`p ta`sir ko`rsatgan. Ayrim qishloqlarning ko`chalari tor bo`lgani uchun aholi punktlarida maxsus texnika ishlay olmay qolgan. Odamlar uylarini va ko`chalarni belkurak bilan tozalashayotgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar