Kattaqo`rg`onda tadbirkordan 2 000 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan xalq ta`limi bo`limi mutaxassisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, DXXning Kattaqo`rg`on shahar hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo`rg`on tumani bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Kattaqo`rg`on tumani xalq ta`limi bo`limi mutaxassisi A.Sh. “L.S.” MChJ tomonidan tumandagi umumiy o`rta ta`lim maktabida amalga oshirilgan 300 mln so`mlik joriy ta`mirlash ishlarini bajarilganligi haqidagi dalolatnomani XTB mudiriga tasdiqlatib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






