AsosiyJamiyat

Samarqanddagi kiyim-kechak bozorida yong`in chiqdi

'Samarqanddagi kiyim-kechak bozorida yong`in chiqdi'ning rasmi

Hodisa oqibatida do`konlarning 100 kv.m maydoni yonib zararlangan.

FVV qutqaruvchilari Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kiyim-kechak bozorida sodir bo`lgan yong`inni bartaraf etdilar.

Vazirlik xabariga ko`ra, bugun, 24 dekabr kuni soat 09:10 da "Mergancha" MFY hududida joylashgan "Urgut kiyim-kechak" bozorining 6 ta do`konida yong`in sodir bo`ldi.

Qayd etilishicha, voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasidan 6 ta yong`in o`chirish ekipaji zudlik bilan etib borgan. Yong`in soat 09:27 da qurshab olinib, 10:14 da to`liq bartaraf etilgan.

"FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida voqea sodir bo`lgan joydagi boshqa do`konlarga yong`in o`tishining oldi olindi",-deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, yong`in oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar