AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ba`zi hududlarida qor yog`adi

'Bugun O`zbekistonning ba`zi hududlarida qor yog`adi'ning rasmi

Bugun, 24 dekabr kuni kunduzi O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. 

"O`zgidromet" ma`lumotiga ko`ra, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qor bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 8-13° iliqni, shimolda 2° iliq -3° sovuqni tashkil etadi.

Shuningdek, poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-12° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina biroz tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq atrofida bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar