Joriy yilning 24 dekabr kuni soat 6:00 dan boshlab, Urgut tumani ko`chalariga o`rnatilgan kuzatuv kameralari rasman qoidabuzarliklarni qayd etishni boshlaydi. Samarqand viloyati IIB bu haqda ogohlantirmoqda.
Qayd etishicha, jumladan:
- «Navoiy shoh» ko`chasida joylashgan «Urgut savdo markazi»ning ro`pasida, «Navoiy shoh» ko`chasining «Temirchilar» ko`chasi bilan tutashmasi (Samarqand—Urgut avtobekati), «Temirchilar» ko`chasi (G`o`s avtobekati), Urgut Istirohat bo`g`ining qarshisi (Toyloq-Urgut yo`nalishida), «Islom karimov» ko`chasida joylashgan «Korzinka» do`koni ro`parasida, «Amir Temur» ko`chasining «Dehqonobod dehqon bozori» qarshisida, «Urgut savdo kompleksi» ning kirish qismida, o`rnatilgan kuzatuv kameralari, Transport vositalari haydovchilarining to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzishi;
- «Navoiy shoh» ko`chasi, Urgut tumani markazidagi aylanma yo`lida, «Amir Temur» ko`chasi «Bog`ishamol» mahallasining chorrahasida, o`rnatilgan kuzatuv kameralari Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga amal qilmaganligi yoki qizil chiroqda to`xtash chiziqlarini bosib kirish;
- Sariqtepa mahallasi hududidan o`tuvchi 4R-47 avtomobil yo`lining 68 km.da, Avtotransport vositalarining haydovchilari tomonidan belgilangan harakatlanish tezligining oshirishi va Noto`g`ri quvib o`tish qoidalarini buzishi kameralarga muxrlanadi.
Viloyat IIB shu o`rinda fuqarolarga murojaat qilmoqda.
"Hurmatli fuqarolar, Yo`l harakati xavfsizligi qoidalariga qat`iy amal qilishlaringizni so`raymiz",-deyiladi xabarda.






