AsosiyJamiyat

Yangiyo`lda haydovchi piyodani urib yubordi. Natijada...

'Yangiyo`lda haydovchi piyodani urib yubordi. Natijada...'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Yangiyo`l tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. 

Joriy yilning 14 oktyabr kuni soat 07:25 larda, Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumani hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 832-kilometrida haydovchi, 1991 yilda tug`ilgan O`.D. "Damas" rusumli atvomobilni boshqarayotib, tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, 1995 yilda tug`ilgan F.A.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda F.A. tan jarohatYTlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yangiyo`l tumani IIB huzuridagi TB xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, to`plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudiga yuborilgan.

Boshqa yangiliklar