AsosiyJamiyat

Bayram munosabati bilan Nyu-Yorkga parvoz narxlari arzonlashdi

'Bayram munosabati bilan Nyu-Yorkga parvoz narxlari arzonlashdi'ning rasmi

Toshkent-Nyu-York va Nyu-York-Toshkent yo`nalishlari bo`yicha 2, 6 va 13 yanvar kunlari amalga oshiriladigan qatnovlar uchun eng arzon narxlarda aviachiptalarni xarid qilish mumkin bo`lmoqda.

  "Uzbekistan Airways" bu haqda ma`lum qildi.

Ma`lumot uchun, Toshkent - Nyu-York va Nyu-York - Toshkent aviachiptalari 5 966 000 so`mdan boshlanadi. Toshkent - Nyu-York - Toshkent va Nyu-York - Toshkent - Nyu-York aviachiptalari narxi esa  9 904 000 so`mdan boshlanadi.  

Eslatib o`tamiz, parvoz uchun chiptalarni 2021 yilning 22 dekabri, ya`ni bugundan boshlab xarid qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar