"Uzbekistan Airways" matbuot xizmatining xabar berishicha, yangi yil bayram kunlari arafasida – 2021 yilning 29 dekabridan 31 dekabriga qadar Toshkentdan Nukus, Urganch va Buxoro shaharlariga qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`yiladi.
Qatnovlar quyidagi harakat jadvali bo`yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
- Toshkent-Buxoro-Toshkent yo`nalishida 29 dekabr chorshanba kuni qo`shimcha qatnov amalga oshiriladi.
Toshkentdan jo`nab ketish 17:00, Buxoroga etib kelish 18:10;
Buxorodan jo`nab ketish 18:50, Toshkentga etib kelish 19:50.
- Toshkent-Nukus-Toshkent yo`nalishida 29 dekabr va 31 dekabr kunlari qo`shimcha reyslar amalga oshiriladi.
Toshkentdan jo`nab ketish 13:10, Nuxda kelish 14:50
Nukusdan jo`nab ketish 15:30, Toshkentga etib kelish 16:50
- Toshkent-Urganch-Toshkent yo`nalishida 29 dekabr va 31 dekabr kunlari qo`shimcha reyslar amalga oshiriladi.
29 dekabr chorshanba:
Toshkentdan jo`nab ketish 19:30, Urganchga etib kelish 21:00
Urganchdan jo`nab ketish 22:00, Toshkentga etib kelish 23:20
31 dekabr juma:
Toshkentdan jo`nab ketish 12:50, Urganchga etib kelish 14:20
Urganchdan jo`nab ketish 15:20, Toshkentga etib kelish 16:40
Eslatib o`tamiz, aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Ma`lumot uchun, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali chipta xarid qilib olayotganda 3% chegirma taqdim etiladi.






