Avvalroq, "Oltin humo" milliy kinotaqdimoti boshlangani haqida xabar bergan edik.
Kinotaqdimotda yilning eng yaxshi hujjatli filmi aniqlandi.
"Eng yaxshi hujjatli film" nominasiyasi g`olibi:
"Hujjatli va xronikal filmlar" kinostudiyasining "Xalq jasorati" hujjatli filmi, postanovkachi rejissyor: Ali Hamroev.
Ma`lumot uchun "Eng yaxshi hujjatli film" nominasiyasi g`olibligi uchun da`vogarlar:
1. "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasining "Bastakor" hujjatli filmi, postanovkachi rejissyor: Muzaffar Qoraboev.
2. "Hujjatli va xronikal filmlar" kinostudiyasining "Xalq yuragi" hujjatli filmi, postanovkachi rejissyor: Shohruh Rasulov.
3. "Hujjatli va xronikal filmlar" kinostudiyasining "Xalq jasorati" hujjatli filmi, postanovkachi rejissyor: Ali Hamroev.
4. "Hujjatli va xronikal filmlar" kinostudiyasining
"Imkon bering" huxjatli filmi, postanovkachi rejissyor: Doniyor Shokirov.
5. "Buxoriylar" kinostudiyasining
"Ma`rifatga baxshida umr" hujjatli filmi, postanovkachi rejissyor: Husan Rashidov.






