Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O`zbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,8 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 689 ta elektromobil import qilingan.
Elektromobil importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 592 taga yoki qariyb 7 baravardan oshgan.
2021 yilning 11 oyida O`zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
- Xitoy – 608 ta
- Turkiya – 24 ta
- AQSh – 20 ta
- Litva – 13 ta
- Germaniya – 11 ta
- Koreya – 5 ta
- Ispaniya – 2 ta
- Rossiya – 2 ta
- Ukraina – 2 ta
- Gongkong – 1 ta
- BAA – 1 ta






