AsosiyJamiyat

81 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo`nab ketdi

'81 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo`nab ketdi'ning rasmi

Pilot loyiha doirasida respublikamiz bo`ylab Rossiya Federasiyasining qator yirik ish beruvchi tashkilotlari bo`sh ish o`rinlari uchun tashkil etilayotgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan 81 nafar yurtdoshimiz Amur va Blagoveshenskka jo`nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar bilan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ularga tarqatma materiallar berildi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, tibbiy ko`rik va ishlash huquqini beruvchi patent uchun kerak bo`ladigan aksariyat hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari O`zbekistonda amalga oshirilmoqda.

"Rossiya Federasiyasida qurilish sohasida ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun tanlov jarayonlari davom etmoqda" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar