AsosiyJamiyat

Ogoh bo`ling! Toshkentda bayramoldi savdo yarmarkalarida muddati o`tgan va qo`lbola tayyorlangan mahsulotlar sotilmoqda

'Ogoh bo`ling! Toshkentda bayramoldi savdo yarmarkalarida muddati o`tgan va qo`lbola tayyorlangan mahsulotlar sotilmoqda'ning rasmi

Yangi yil bayrami yaqinlashib kelmoqda, xo`sh bayramoldi savdo yarmarkalari va dehqon bozorlarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizlik jihatidan talablarga javob beradimi? 

Shu munosabat bilan Toshkent shahrining barcha tumanlarida  tuman SEO va JSX, IIBB, veterinariya xizmati hamda bozor xodimlari bilan birgalikda reydlar o`tkazilmoqda.

Bektemir tumani SEO vaJSX  xodimlari tomonidan Qo`yliq dehqon bozori hududida nomalum sharoitda qo`lbola tayyorlangan  mahsulotlar o`rnatilgan tartibda brakovka qilindi.

“Mirobod dehqon bozori”  ma`muriyati va ayrim sotuvchilar ogohlantirildi. Shuningdek, ishni to`g`ri tashkil etish bo`yicha tavsiyalar berildi.

Sergeli tumanida  19.12.2021yilda o`tkazilgan sayyor reyd davomida 17 ta banka qo`lbola tayyorlangan baliq konservasi hamda 23 kg tovuq ichki a`zolari savdosi belgilangan tartiblarda bartaraf qilindi.

“Yangiobod” bozorini o`rganish davomida yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlar aniqlanib, brakovka  qilindi.  

 

    Boshqa yangiliklar