AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda bodom gullagani xabar qilindi

'Qashqadaryoda bodom gullagani xabar qilindi'ning rasmi

Qashqadaryoning Yakkabog` tumanida bodom gullagani to`g`risida ma`lumotlar paydo bo`lmoqda.

Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma`ruzalar kanalida bu borada mutaxassis o`z munosabatini bildirdi

"Iliq kuzatilayotgan dekabr oyida, "daraxtlarda kurtaklar bo`rtib ketmaydimi?" degan savollar menga ko`p kelib tushmoqda.  

Ayniqsa, oxirgi ikki uch kunlikda respublikaning katta qismida aprel oyining o`rtalariga xos iliq, bahoriy havo kuzatilmoqda. Janub viloyatlarda harorat maksimumlari +20 darajaga ko`tarildi. Bu esa yuqoridagi kabi ertapishar bodom daraxtida gullash holatlarini keltirib chiqargan ko`rinadi.  

Bu, tabiiyki ommaviy gullash emas, ammo bunaqa issiq kunlar yana ikki uch kun davomiy kuzatilsa, janub va voha hududlarida boodom daraxtlarida gullash hodisalari kuzatilishi ham bor gap. Bu kelasi yil hosili uchun yomon", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar