AsosiyJamiyat

Oqdaryo tumaniga ham hokim tayinlandi

'Oqdaryo tumaniga ham hokim tayinlandi'ning rasmi

Oqdaryo tumanida o`tkazilayotgan xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi.

Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Sulaymonov Najmiddin Baxrievichni boshqa ishga o`tishi munosabati bilan o`z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Qudratov Sherzod Asadovich nomzodi Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Qudratov Sherzod Asadovich O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat olib borgan.

    Boshqa yangiliklar