AsosiyJamiyat

Davlatga tegishli bo`lgan “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi sotuvga qo`yildi

'Davlatga tegishli bo`lgan “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi sotuvga qo`yildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasini oshkora raqobat tamoyillariga asoslangan savdo jarayoni orqali sotilishini e`lon qildi.

Ushbu Savdo jarayoniga “KPMG Valuation and Consulting” MChJ, aktivni xususiylashtirish bo`yicha eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, eksklyuziv moliyaviy maslahatchi sifatida jalb etilgan.

Mehmonxona haqida qisqacha ma`lumot:

  • Besh yulduzli “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 2016 yilda Toshkent markazida tashkil topgan va “Hyatt” xalqaro brendining O`zbekistondagi birinchi mehmonxonasiga aylangan.
  • U O`zbekistonda xalqaro mehmonxonalar tarmog`i boshqaruvida bo`lgan yagona besh yulduzli mehmonxonadir.
  • Mehmonxona shahar markazida, Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylariga qulay va yaqin masofada joylashgan.
  • Umumiy er maydoni 3,1 gektar, bino va inshootlar maydoni 60,1 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
  • Mehmonxona 8 qavatdan iborat bo`lib, mijozlar uchun 300 ta xona, jumladan, 248 ta standart va 52 ta lyuks/yarim lyuks xonalarni mavjud.
  • Mehmonxona hududida xalqaro sifat standartlari darajasida jihozlangan turli sig`imdagi bir nechta konferensiya zallari, shuningdek, 850 kvadrat metr maydonga ega banket zali, yopiq basseyn va SPA markazi mavjud.

Agentlik tarqatgan xabarga ko`ra, qo`shimcha shartlar:

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini o`zgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o`zida saqlab qoladi.

Ushbu e`lon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur e`lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo`lgan Davaktiv agentligi, Mehmonxona va KPMGning Aktivni sotish bilan bog`liq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va KPMG (Savdo doirasida Davaktiv agentligining eksklyuziv moliyaviy maslahatchisi vazifasini bajaruvchi) o`z xohishiga ko`ra har qanday vaqtda va har qanday munosabatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o`z zimmalariga olmasdan:

  •  arizalar berish muddatiga o`zgartirish kiritish;
  •  turli xil manfaatdor tomonlar uchun turli xil tartib-qoidalar bo`yicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Mehmonxona va KPMG tomonidan ko`zda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;
  •  har qanday sababga ko`ra sotish jarayonini to`xtatish; va/yoki
  •  istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Savdoga taalluqli bo`lgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o`zida saqlab qoladi.

    Boshqa yangiliklar