Bugun xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
2017 yil avgust oyidan buyon Bulung‘ur tumaniga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Bahromov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Astanov Samandar Mustafoqulovich Bulung‘ur tumani hokimi etib tayinlandi.






