Jizzax viloyatidagi "Zomin" turistik-rekreasion zonasiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sobirjon Shamsiddinovich Oripov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Zomin" turistik-rekreasion zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasining direktori etib tayinlandi.
Ma`lumot uchun, ushbu tayinlov hukumatning 16 dekabrdagi 758-son qaroriga asosan amalga oshirilgan.
Eslatib o`tamiz, "Zomin" turistik-rekreasion zonasi Prezidentning 2021 yil 6 apreldagi tegishli farmoni bilan tashkil etilgan edi.






