AsosiyJamiyat

O`zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelishda davom etmoqda - "O`zgidromet"

'O`zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelishda davom etmoqda - "O`zgidromet"'ning rasmi

Bugun, 22 dekabr kuni O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Bu haqda "O`zgidromet" ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarda va Qoraqalpog`istonda kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. 

Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 12-17° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-16° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ta`kidlanishicha, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 5-10° iliq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar