Ot sportining 10 bosqichdan iborat bo`lgan "Uzbekistan Global Tour-2021" musobaqasi bahslari yakuniga etdi. Yil davomida o`tkazilgan musobaqalar asosan Toshkent viloyati hududida tashkil etilib, ularda respublikamizning turli hududlaridan kelgan eng sara chavandozlar g`oliblik uchun bahs olib borishdi.
Turizm va sport vazirligining qayd etishicha, kuni kecha so`nggi bosqich bahslari nihoyasiga etgach, har bir yo`nalish bo`yicha to`plangan ballar sarhisob qilindi va g`oliblar aniqlandi. Quyida musobaqasning har bir yo`nalishi bo`yicha g`olib va sovrindorlar bilan tanishing:
«A» toifasi:
1. Nurjan Tuyakbaev ,
2. Timur Azizov,
«D» toifasi:
1. Bekzod Qurbonov,
2. Nurjan Tuyakbaev,
3. A`zam Tillaboev,
«B» toifasi:
1. Nurjan Tuyakbaev ,
2. Xurshidbek Alimjonov ,
3. Saidamirxon Turg`unboev.
Musobaqasining yakuniy g`oliblari:
«A» toifasi: Nurjan Tuyakbaev – 269 ball,
«B» toifasi: Nurjan Tuyakbaev – 229 ball,
«D» toifasi: Bekzod Qurbonov – 256 ball.






