AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida RFda ishlamoqchi bo`lgan fuqarolar uchun onlayn tanlov o`tkazilmoqda

'Toshkent viloyatida RFda ishlamoqchi bo`lgan fuqarolar uchun onlayn tanlov o`tkazilmoqda'ning rasmi

Ayni kunlarda Toshkent viloyatida Rossiya Federasiyasi ish beruvchi kompaniyasi vakillari tomonidan qurilish sohasining turli yo`nalishlari bo`yicha tanlov o`tkazilmoqda. 

Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, onlayn ravishda olib borilayotgan bu tanlovda tuman va shaharlardan 200 dan ortiq fuqaro qatnashmoqda.

Ma`lumot uchun, ushbu tanlovdan o`tgan fuqarolarga Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent O`zbekistonda rasmiylashtirilishi hamda tibbiy ko`rikdan o`tkazish, emlash, patent rasmiylashtirish, transport, yashash xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar