AsosiyJamiyat

“UzAuto Motors” 5-17 dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini tekshirish zarurati sabab chaqirib olmoqda

'“UzAuto Motors” 5-17 dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini tekshirish zarurati sabab chaqirib olmoqda'ning rasmi

  “UzAuto Motors” 2021 yil 5-17 dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olish dasturini e`lon qiladi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishchia, “UzAuto Motors” ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sifati va mijozlar talabini qondirishni o`zining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi. “UzAuto Motors” AJ bosh direktori Bo Andersson bu yil kompaniyaga kelganida sifatni keskin oshirishni va har qanday kamchiliklarga mutlaqo murosasiz munosabatda bo`lishni e`lon qildi.

“Chaqirib olish” dasturi avtomobillarning orqa oyna  isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog`liq.

Barcha ishlar  "UzAuto Motors” AJ xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida  ishlab chiqaruvchining mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

Avtomobillari chaqirib olish dasturiga to`g`ri kelgan barcha avtomobil egalari dilerlik markazlari yoki kompaniya tomonidan ogohlantiriladi, deyilgan xabarda. 

    Boshqa yangiliklar