5 may kuni “Do`rmon Bog`i” to`yxonasida Ulug` Vatan Urushi va front orti faxriylariga Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan dasturxon yozildi.
Tadbirning asosiy tashkilotchisi bo`lib O`zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi qatnashdi.

Bugungi kunda yurtimiz haydovchilarining eng yirik jamoasi hisoblangan Voditeli Tashkenta (Drivers.uz) guruhi faollari o`z tashabbuslari bilan ushbu tadbirda faxriylarni transport vositalari bilan ta`minlash, ya`ni ularni to`yxonaga shaxsiy avtoulovlarida olib kelib, tadbir tugagandan so`ng har birlarini uylarigacha kuzatib quyishda beg`araz yordamlarini taklif qildilar.

Jamiyat faollari ushbu tadbirga mas`uliyat bilan yondashib, uni ajoyib tarzda tashkil etishga muvaffaq bo`ldilar. Hurmatli faxriylarimiz uchun urush vaqti qo`shiqlari disklarga yozib, avtoulovlarda eshittirildi hamda avtomobillar bayramona kayfiyatda bezadilar.
«Voditeli Tashkenta» (Drivers.uz) jamoasi “Nuroniy” jamg`armasiga mazkur tadbirni o`tkazishda ko`rsatgan ishonchlari uchun o`z minnatdorchiliklarini izhor qiladi.






