Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Dunyoda oziq-ovqat narxlarining o`sishi, inflyasiya xavf-xatarlari kelgusi yilda oziq-ovqat xavfsizligi eng dolzarb masala bo`lib qolishini yaqqol ko`rsatmoqda.
Shu bois, viloyat hokimlari o`z hududida baliq etishtirish holatini tahlil qilib, tadbirkorlar va aholi xonadonlariga barcha sharoitlarni yaratib berish bo`yicha tizimli shug`ullanishi zarur", dedi davlatimiz rahbari.
O`tgan besh yilda baliq etishtirish hajmi 6 baravarga oshib, joriy yilda 400 ming tonnaga etkaziladi.
Shunday bo`lsada, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg`ona, Toshkent viloyatlarida hosildorlik haligacha gektariga 3-4 tonnani tashkil etmoqda. Sababi, ushbu hududlarda intensiv baliq etishtirish hajmi umumiy ishlab chiqarishning 10 foizidan oshmayapti.






