Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati 14 va 16 yoshli bolalarni izlab topishda ko`mak so`ramoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2021-yil 6-dekabr kuni soat 7:30lar atrofida voyaga etmagan 2007-yilda tug`ilgan To`rakulov Diyorbek Doniyorovich maktabga borish maqsadida yashash uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.
Uning alohida belgilari:
Bo`yi taxminan 155-160sm atrofida, sochlari qora, qoshi qalin qora rangda, ko`zlari qora, yuzlari ovalsimon, o`rta gavdali, tishlari tabiiy o`ziniki, lablari cho`zinchoq, o`ng ko`ziga yasama (protez) ko`z ko`yilgan, bo`ynining chap tepa tomonida holi bor.
Egnidagi bo`lgan kiyimlari:
Qora rangli kurtka, qora rangli jinsi shim, qora jemfir, oyog`ida charimdan qora rangli tuflisi va boshida kul rangli do`ppi (qalpoq) bo`lgan.
To`rakulov Diyorbek Doniyorovichni ko`rganlar yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lganlar +99866236-88-89, +998662311111, 102, raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari so`ralmoqda.
Ishtixon tumani Bo`ston MFY Bo`ston qishlog`ida yashagan 2005-yilda tug`ilgan Javbo`rieva Iroda Bobur qizi ham joriy yil 19-avgust kuni yashash uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.
Uning alohida belgilari:
Bo`yi taxminan 155-160sm atrofida, tana tuzilishi o`rtacha semizlikda, sochi malla, ko`zi malla, qoshi va kipriklari qora rangda, burni yapoloqsimon, quloqlari ovalsimon, yuzi yumaloq, labi yupqa.
Egnida bo`lgan kiyimlari:
Malla rangli kofta va sariq rangli yupka, oyog`ida ko`k rangli jinsi materialdan bo`lgan ayollar sport kiyimi.
Javbo`rieva Iroda Bobur qizini ko`rganlar yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lganlar +998932203910, +998662319834, 102 raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari so`ralmoqda.






