“Barselona” jamoasining darvozabonlari Klaudio Bravo va Mark-Andre ter Shtegen klub safini tark etmaydigan bo`ldi.
Ispaniyaning Sport nashrining ma`lum qilishicha, ter Shtegen kataloniyaliklar safida qolib, asosiy raqobatchisi Klaudio Bravo bilan raqobat qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Avvalroq ter Shtegen etarlicha o`yin amaliyotiga ega bo`lmani uchun boshqa takliflarni ko`rib chiqishga tayyor ekanini aytgandi.
O`z navbatida “Barselona” ham har ikki darvozabonning javobini bermaydi va ularni shartnoma yakuniga qadar ushlab qoladi.





