2021 yil 19 dekabr kuni soat 14:20da Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Navro`z” MFY A.Temur ko`chasida joylashgan "Lazzat" oshxonasida bo`lgan propan gaz balloni portlab ketgani haqida xabar berilgan edi.
Respublika Bosh prokurori Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong`in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






