21-23 dekabr kunlari Toshkentda MDH davlatlari va Gruziya kinostudiyalari direktorlarining kinematografiya sohasidagi hamkorlik bo`yicha kengashi o`tkaziladi.
Kengashning asosiy maqsadi harakatlarni birlashtirib, hamkorlikni kengaytirish va yangi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishdan iborat.
Forumda ishtirok etish uchun Armaniston, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Qirg`iziston, Qozog`iston va O`zbekiston davlatlari kinostudiyalari rahbarlari taklif etilgan.






